Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Tanishuv darslari

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 2020-2021-o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan abituriyentlar uchun “Tanishuv haftaligi” jarayonlari davom etmoqda.

12-oktabr sanasida boshlangan an’anaviy o‘qishning ikkinchi kunida ham talabalar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda kutib olindi. Eshik oldida tibbiyot xodimi tomonidan ularning tana haroratini o‘lchab, tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar bilan filial direktori professor Sh.A.Mutalov, kafedra mudiri (PhD) A.T.Norqobilov, fakultet dekani X.Tilovov, dekan o‘rinbosarlari uchrashib, TKTI Shahrisabz filialining birinchi kursiga qabul qilinganliklari bilan samimiy tabrikladilar.

Auditoriyalarda ham ijtimoiy masofa saqlangan holda dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Shuningdek, talabalar bilan muntazam aloqani o‘rnatish, masofaviy ta’lim davrida ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, institut matbuot va axborot xizmati faoliyatlari bilan ham atroflicha tanishtirildi.