Sog’lom turmush madaniyati oyligi

Bugun mamlakatimiz miqyosida keng jamoatchilikning tibbiy madaniyatini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida sihat-salomatlikdek bebaho boylikni asrab-avaylash lozimligi keng targʼib etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Zero sogʼlom turmush tarziga amal qilish, salomatligimizni oʼz vaqtida qadrlash bilan koʼplab ogʼir xastaliklarning oldini olishga muvaffaq boʼlishimiz mumkin. Joriy yilning 1 fevralidan 1mart sanasiga qadar respublikamizda “Sogʼlom turmush madaniyati oyligi” eʼlon qilinganligi ham shu yoʼldagi  amaliy saʼy-harakatlar sirasidandir.

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 1043-sonli buyrugʼining 1-ilovasidagi Nazorat rejasini 21-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida oylikda belgilangan tadbirlarni hamkor tashkilotlar bilan samarali tashkil qilib oʼtkazish rejalari tuzib chiqildi va rejaga muvofiq birinchi musobaqa oʼtkazildi.

3 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida filial professor-oʼqituvchilaridan va talabalaridan tuzilgan jamoalar, Namaton MFY, Pisandi MFY va Ipak yoʼli MFY jamoalari oʼrtasida voleybol musobaqasi oʼtkazildi. Qizgʼin va murosasiz kechgan bahslarda filial talaba-yoshlari jamoasi gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi. Ipak yoʼli MFY jamoasi ikkinchi oʼrinni, Pisandi MFY jamoalari uchinchi oʼrinni egalladilar. Gʼolib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top