Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Shunqorlar nomli bellashuv

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Oʼzbekiston respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14-yanvarь Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Shunqorlar” nomli bellashuv boʼlib oʼtdi. Tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol gʼoyalariga sadoqat, xarbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilish, milliy armiyamiz saflarida oʼz burchlarini oʼtash ishtiyoqini kuchaytirishdan iborat. Vatanni himoya qilish, el-yurt tinchligini asrash, xalqimizning buyuk kelajakka boʼlgan ishonchini mustahkamlash, mustaqil Oʼzbekistonning xalqaro hamjamiyat saflardagi oʼrni va nufuzini oshirish demakdir.  

Filial talabalari tomonidan bajarilgan harbiy mashqlar, ularning yetuk askarlardek tezkorlik va mahorat bilan ijro etgan chiqishlari barcha yigʼilganlar va tadbir ishtirokchilarida gʼurur, iftixor tuygʼularini yanada kuchaytirgani shubhasiz.

“14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan oʼtkazilgan “Shunqorlar” nomli bellashuv ishtirokchilari hamda “Vatanni himoya qilish sharafli burch” shiori ostida oʼtkazilgan futbol musobaqasi sovrindorlari,  “Mening armiyam-mening faxrim” mavzusida oʼtkazilgan insholar tanlovi gʼoliblari filial rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan