Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Hashar – elga yarashar

Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari oʼrganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri – bu hashar. Ushbu bebaho qadriyatda – birdamlik, bagʼrikenglik va mehnatsevarlik kabi insoniyat sifatlari aks ettirilgan boʼlib, unga koʼra tozalik, ozodalik, koʼcha-hiyobonlarni obod qilish kabi ishlar bajariladi.        

Prezidentimizning 2020 yil 3 mart sanasidagi “2020 yilgi Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq hamda 2020 yil 11 martdagi 136-F-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 14-15 mart kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Obod yurt” shiori ostida umumxalq hashari oʼtkazildi. Erta tongdan yigʼilgan filial maʼmuriyati, professor-oʼqituvchilari, va talaba-yoshlari oʼzlariga biriktirilgan filial ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarni boshlab yubordilar.

Filialimiz hududidagi barcha daraxtlar ohaklandi, tuplar kesildi, manzarali daraxtlarga shakl berildi, ariqlar har xil iflos chiqindi va toshlardan tozalandi, yer yangi gullar va daraxtlar ekilishi uchun yumshatildi. 

Hasharning birinchi kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialidan jami 190 dan ziyod talaba va xodimlar ishtirok etishdi.