Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida o’quv jarayonlari an’anaviy shaklda boshlandi.

Bugun 16 noyabrdan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi yigilishi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida o’quv jarayonlari an’anaviy shaklda boshlandi.

Kunduzgi ta’lim 1-kurs talabalari karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tana haroratlari o’lchanib, o’zlariga biriktirilgan o’quv xonalariga kiritildi. Talabalarning niqobda kelishi tibbiyot xodimi tomonidan kuzatildi.

Barcha 1-kurs talabari uchun dars jarayonlari soat 9.00 dan O’zbekiston Respublikasi madhiyasi sadosi ostida boshlandi. Har bir juftlikning yarmida 5 minutlik tanaffus e’lon qilinib, unda xonalar shamollatilib, talabalar uchun zarur bo’lgan xavfsizlik choralari amalga oshirildi.

2-kurs talabalari uchun dars jarayonlari esa soat 12.00 dan xuddi shu tartibda davom etdi.