Bayrog’im-faxrim

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ardoqli sanaladi. Chunki ularda Vatan istiqboli va fidokorligi namoyon bo’ladi. Ulardan biri davlatimiz bayrog’idir. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i xalqaro maydonda, jumladan, O’zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlar safarlari chog’ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida,sport musobaqalarida O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’ladi.Bayrog’imiz o’zida butun O’zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g’ayrati va shijoatini, xalqimizga mos mehmondo’stlikni mujassam etgan.

  Bugun mustaqil O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 29 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ining yigirma to’qqiz yillik bayrami Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida munosib tarzda o’tkazildi. 

“Bayrog’im-faxrim” deb nomlangan tadbirni filial o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sirojov B.Sh. ochib berdi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha bo’limi boshlig’i Temirov Dilshod, iqtidorli talabalarni tashkil etish bo’limi rahbari Rahmonov Erkinjon, YI boshlang’ich tashkiloti yetakchisi To’rayeva Umida, professor-o’qituvchilardan Berdirasulova Mahliyo, Xolmurodov Bahodirlar tadbirni yanada ko’tarinki ruhda o’tishida o’z hissalarini qo’shdilar.

Shuningdek, talabalar tomonida tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir so’nggida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unga ko’ra:

 “O’ZBEKISTON YOSHLARI BUZG’UNCHI G’OYALARGA QARSHI” mavzusida o’tkazilgan “ENG YAXSHI VIDEOROLIK” nominatsiyasi bo’yicha:

1-o’rin 2-19-guruhdan Rasulov Mirjalol;

2-o’rin 8-20-guruhdan G’aniyev Diyorbek;

3-o’rin  Ortiqov Nurbek;

ZAKOVAT intelektual bilimdonlar o’yini

1-o’rin 8-20-guruhning “ZAKOVAT BILIMDONLARI” jamoasi;

2-o’rin 6-20-guruhining “PIFAGOR” jamoasi;

3-o’rin 12-20-guruhining “INTELLIGENT” jamoasi;

3-o’rin 25-20-guruhining  “PAZITIV” jamoasi;

“YIL TALABASI 2020” ko’rik tanlovida

1-o’rin 5-19-guruh talabasi Qudratov Isroil;

 2-o’rin 5-19-guruh talabasi Jo’rayev Ro’yiddin;

3-o’rin 2-19-guruh talabasi Muhammadaliyev Muhammadalilar maxsus direktor sovg’asi bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top