Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

          Siz, Aziz professor-o`qituvchilar hamda talabalarni yurtimizda keng nishonlanayotgan O`zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklab, muborakbod etamiz.
          Barchaga ma`lumki, asosiy Qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo`limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab beradi. Bugun to`la ishonch bilan aytishimiz mumkinki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy huquqiy tafakkurining yuksak namunasini ifodalaydi. U hech kimga qaram bo`lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo`lib kelmoqda. Muhtaram Prezidentimizning “Har bir davlat xizmatchisi xalq oldida mas`ul ekanini xech qachon unutmasligi lozim” degan fikrlar asosida har bir OTM o`qituvchisi talabalariga zamonaviy ta`lim berishga mas’ul ekanligini yana bir bor his etamiz.
           Ishonchimiz komilki, iqtisodiyotning turli sohalari uchun zamonaviy yetuk mutaxassislar tayyorlashdek oliyjanob maqsadlariga yetishishda barcha professor-o`qituvchilar va talabalarimiz o`zlarining munosib hissalarini qo`shadilar. Siz, azizlarni, konstitutsiyamizning qutlug` bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
 
Filial direktori prof. Sh.A.Mutalov