Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Xotin-qizlar kengashi, Yoshlar ittifoqi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot bo’limlari birgalikda “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”ga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkillashtirish yuzasidan filialimiz xotin-qizlari o’rtasida “Jasorat malikalari” nomli voleybol musobaqasi o’tkazildi. Unda 1-o’rinni “To’marislar” jamoasi va 2-o’rinni “Yangi avlod” jamoalari egalladi. Ushbu g’olib jamoalar filialimiz direktori tomonidan munosib taqdirlandilar.