Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Qashqadaryoda 20 nafar talabaning shartnoma pullari to’lab beriladigan bo’ldi

Bugun viloyat hokimi va ziyolilar uchrashuvi soʼngida viloyatimizdagi OTMlarda tahsil olayotgan 20 nafar talabaga Zoyir Mirzaev qariyb 86 million soʼmlik sertifikatlar topshirdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu sertifikatlar orqali talabalarning shartnoma pullari toʼlab beriladi. Ushbu talabalarni tanlab olishda ularning oilaviy sharoiti, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, boquvchisini yoʼqotganligi, nogironligi va «Temir daftar»da bor yoki yoʼqligi kabi mezonlarga tayanildi.

Bu kabi xayrli ishlar davomiy boʼlishi, imtiyozga ega boʼlgan talabalar kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan salohiyatli yoshlar boʼlib yetishishi taʼkidlandi.

manba

https://nasafnews.uz/?p=17973