Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Ramzon hayit muborak

Аzizlar, sizlarni barchangizni Muqaddas Ramazon Xayiti ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz, oilalarimizga, jamoalarimizga baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilaymiz, barchamizni yuksak insonparvarlik va fidoiylik fazilatlari tark etmasin! Jannatmakon yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʼlsin, oliyjanob halqimizni alloh oʼz panohida asrasin. Muborak Ramazon oyida qilingan barcha ezgu niyatlar ijobat boʼlsin!!!

Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta`lim sifati bo’yicha talabalardan so‘rovnoma

Aziz TALABALAR!!! Oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan masofaviy ta’lim olishni sifati yuzasidan o’z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!!! So’rovnoma anonim (ism-sharifingiz so’ralmaydi) tarzida o’tkaziladi. Sizning fikringiz faqat umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladi va barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. Ushbu so‘rovnoma ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni kelgusida Read more about Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta`lim sifati bo’yicha talabalardan so‘rovnoma[…]

Inson hotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo`tabardir

Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va moʼtabardir. Bugun yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanadi. Xotira – bu oʼtmishni, milliy merosimizni anglatsa, Qadr – insonni yuksaklikka koʼtaradi. Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning mukaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, keksalarni eʼzozlash xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Urush faxriylari ishtirokchilari va Read more about Inson hotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo`tabardir[…]

TKTI Shahrisabz filiali talabalariga murojaat: Uyda qoling!

Maʼlumki, hozirda barcha 1-kurs talabalarimiz taʼtilda. Uydan chiqmagan holda, namunali tarzda karantin qoidalariga toʼliq rioya etishmoqda. Shunday boʼlsada, darslarni filial rasmiy sayti, YouTube va telegram kanalida video-maʼruzalar va mustaqil taʼlimga moʼljallangan oʼquv elektron resurslari bilan boyitib borilmoqda. Barcha talabalarimizdan ushbu materiallardan, yaratilgan mustaqil taʼlim asosida oʼzlashtirish imkoniyatidan unumli foydalanib, tahsil olishlarini soʼraymiz. Shuningdek, Oliy va Read more about TKTI Shahrisabz filiali talabalariga murojaat: Uyda qoling![…]

Hashar – elga yarashar

Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari oʼrganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri – bu hashar. Ushbu bebaho qadriyatda – birdamlik, bagʼrikenglik va mehnatsevarlik kabi insoniyat sifatlari aks ettirilgan boʼlib, unga koʼra tozalik, ozodalik, koʼcha-hiyobonlarni obod qilish kabi ishlar bajariladi.         Prezidentimizning 2020 yil 3 mart sanasidagi “2020 yilgi Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni Read more about Hashar – elga yarashar[…]

Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 martda “Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida”gi PQ-4625-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Navroʼz bayramini yuqori saviyada nishonlash boʼyicha “Navroʼzing – yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon Oʼzbekistonim!” degan bosh gʼoyani oʼzida mujassam etgan Navroʼz umumxalq bayramini oʼtkazish Read more about Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik[…]

Xotira va g’alaba ruhi

11-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Xotira va gʼalaba ruhi” mavzusida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Mazkur uchrashuv filial MMIB direktor oʼrinbosari D.N.Temirov koʼmagida tashkil etildi. Uchrashuvga Shahrisabz shahar “Xasti imom” masjidi imom xatibi Аkmal Nizomov, Shahrisabz shahar Yoshlar Ittifoqi kengashi raisi Shaxzod Gʼaniev, respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shahrisabz shahar boʼlimi rahbari Sherzod Sultonovlar taklif Read more about Xotira va g’alaba ruhi[…]

Balli qizlar-2020

2020-йил 7-март куни Тошкент кимё-технология институти Шаҳрисабз филиали тадбирлар залида 8 март Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан “Қизлар давраси -2020” номли кўрик-танлов ташкил этилди. Танловда филиалнинг иқтидорли қизлари табрик,, таништирув, моҳир қўллар, онани мадҳ этиш ва эркин мавзу шартлари бўйича беллашдилар. Байрам дастурни юқори савияда ўтишига филиал Хотин-қизлар қўмитаси раиси Моҳигул Азимова, кимё фани ўқитувчиси Феруза   Бобоқулова, кимё лаборанти Муқаддам Read more about Balli qizlar-2020[…]

TKTI Shahrisabz filiali direktorining xotin-qizlarga 8-mart tabrigi

Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shu bahor kunlarida  Aziz onalarimizni, ayollarimizni, opa-singil, hamkasblarimizni va barcha ayol, qiz talabalarimizni hotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Sir emaski ayol zotining tengsiz latofat va nafosat sohibasi ekanligi, ezgulik va fidoiylik ramzi, honadonlarimizning farishtasi ekanligini qalbimizning tub-tubidan his etamiz. Bahtimizga hamisha omon bo`lib, doim yaqinlaringizning e`tiborida bo`lib yuring, Aziz AYOLLAR!!! Read more about TKTI Shahrisabz filiali direktorining xotin-qizlarga 8-mart tabrigi[…]

“Oʼquv tarbiya jarayoni talabalar nigohida”

Joriy yilning 27 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali psixologi А.U.Berdieva talabalar orasida “Oʼquv tarbiya jarayoni talabalar nigohida” mavzusida ijtimoiy muhitni oʼrganishga doir SOʼROVNOMА oʼtkazdi. Bu soʼrovnomani oʼtkazishdan maqsad, filialda taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy-ruhiy muhitni oʼrganishdan iborat. Hurmatli talaba! Kelajakda raqobatbardosh, malakali mutaxassislar tayyorlashda, mamlakatimizning bilimli va eng rivojlangan Read more about “Oʼquv tarbiya jarayoni talabalar nigohida”[…]