“Amir Temur ajdodlarimiz” nomli tanlov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan TKTI Shahrisabz filiali yetakchi yoshlari tomonidan “Amir Temur ajdodlarimiz” nomli tanlov o’tkazildi.

Tanlovning birinchi qismida ishtirokchilar buyuk sarkarda bobomiz shaxsiga  baģishlab she’r yozish, savol-javob, “Temur tuzuklari”ga sharh yozish shartlari asosida bellashdilar.Tanlovda 1-o’ringa 7-20 guruh talabasi Usmonova Matluba va

2-o’ringa 14-20 guruh talabasi Miraxmatova Gulnozalar loyiq deb topildi.

Tanlovning ikkinchi qismida “Eng_Yaxshi_Video_Chellenj” tanlovi ishtirokchilarning videoroliklari hakamlar hayatiga taqdim etildi va quyidagi talabalar g’olib deb topildi:

1-o’rin: Azimov Ruslan

2-o’rin: Kucharov Baxtiyor

3-o’rin: Eshmurodova Gulira’no

G’oliblar diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Scroll to Top