Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Asalning tabiiyligi ekspertizasi va uni soxtalashtirish usullari” mavzusidagi ochiq dars

Joriy yilning 24-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining assisent-o’qituvchisi Xolmurodov Bahodir Bahrom o’g’li tomonidan “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi” yo’nalishi 6-19 guruh talabalari uchun ochiq dars mashg’uloti tashkil etildi.

Ochiq dars “Asalning tabiiyligi ekspertizasi va uni soxtalashtirish usullari” mavzusida olib borildi. Ushbu darsni TSNQB va o’quv bo’limi xodimlari hamda filialning professor-o’qituvchilari kuzatib borishdi.

Laboratoriya mashg’uloti “Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashlashtirish asoslari va xavfsizlik asoslari” fanidan tashkil etildi.

Talabalar mashg’ulot yuzasidan laboratoriya ishlari haqida ma’lumotlar berishdi va jarayonlarni ikki guruhga bo’lingan holda amalga oshirishdi. 1-guruh talabalari tajriba orqali sutdagi oqsil miqdorini aniqlashgan bo’lsa, 

2-guruh talabalari esa asalning tabiiyligi va uni soxtalashtirish usullarini amalda ko’rsatib berishdi. Laboratoriya ishlari talabalar tomonidan texnika xavsizlik qoidalariga rioya qilgan holda olib borildi.