Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Bir kunda 50 ta sinf” aksiyasi doirasidagi uchrashuvlar

Darhaqiqat, ustoz murabbiylarning jamiyatdagi o’rnini mustahkarnlash bilan bir qatorda, o’quvchilarning iste’dodlarini kashf etish, ularni orzu qilgan sohasiga yo’naltirish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

2021 yilning 12-may kunida Qashqadaryo viloyat hokimligida o’tkazilgan “Bir kunda 50 ta sinf” aksiyasi doirasida umumta’lim maktablarining bitiruvchilari bandligini ta’minlash maqsadida, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib chora-tadbirlar dasturini tayyorlash to’g’risida o’tkazilgan yig’ilishida Viloyat hokimi Z.Mirzayev tomonidan viloyatdagi har bir OTM tomonidan ishchi guruhlar tuzilib, maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o’tkazish hamda bitiruvchilarni qiziqishlaridan kelib chiqib o’rganish, savolnomalarini olish to’g’risidagi tavsiyalar berilgan edi.

Uning ijrosini ta’minlash maqsadida, TKTI Shahrisabz filiali iprofessor-o’qituvchilari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 24-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 

tumani 7-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 

Shahrisabz tumani 6-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablarida 

bo’ldilar. Maktabdagi bitiruvchi o’quvchilar bilan suhbat o’tkazildi va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi, OTM va maktab hamkorligini yo’lga qo’yish, mahorat darslarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Xamrayev Isomiddin tomonidan, viktorina o’yinlari, qiziqarli savol-javoblar tashkil qilindi. Uchrashuv ko’tarinki ruhda o’tkazilib o’quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.