“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy”

Ma’lumki, 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanib, bu borada davlat dasturi qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda har bir mahallaga “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirildi.

Jumladan, Shahrisabz shahridagi barcha mahallalarga Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining professor-o‘qituvchilari ma’naviy homiy etib biriktirildi. Bugun, tashkil etilgan filial  yig‘ilishiga Shahrisabz shahar “Sariosiyo” MFY Kengashi raaisi  No‘mon Uzoqov tashrif buyurib, mahallada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etishdagi  samarali mehnati  uchun TKTI Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchisi Akbarov Mansurxon Muxtarovichni “TASHAKKURNOMA” bilan taqdirladi  va TKTI Shahrisabz filiali rahbariyatiga hamkorlik uchun o‘o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Scroll to Top