Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Biz hali ziyorat qilishda, sayohatda davom etamiz!

Biz, 21-20-guruh talabalari yakshanba- dam olish kunini mazmunli o`tkazish maqsadida, guruh rahbarimiz Sobirova Ruxsora  boshchiligida Qamashi tumanida joylashgan “Langar-ota” ziyoratgohi tomon yo’l oldik. Yo`l-yo`lakay tog`-yon bag’irlab borar ekanmiz, tabiatni go`zalligi barchamizni lol qoldirdi. “Langar-ota”ga yetib borganmizda u yerdagi turli viloyatdan tashrif buyurgan insonlarni ko`pligini ko`rib,  hayratga tushdik,

Kursdoshimiz Nazarov Sharofidin “Langar-ota” haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi. 

 “Langar-ota” ziyoratgohida ziyoratimizni yakunlab, “Ilm koni” nomli odamlarni chorlab turuvchi ziyoratgoh hamda ming yillik tarixga ega chinor daraxti borligini eshitib, ko`zimiz bilan ko`rish maqsadida,  Kitob tumaniga qarab yo`l oldik. U yerdagi sayohatimiz ham juda maroqli o’tdi. 

Sayohatimiz songida, “Hazirati Bashir”ga yetib borganimizda Qir’on tilovat qilish uchun bobomiz qabrlari turgan binoga kirdik, U yerda Parvozxon eshon domla biz haqimizda qiziqib qoldilar. Biz, Toshkent kimyo-texnologiya insituti Shahrisabz filiali talabalari ekanimizni va rahbarimiz Sh.Mutalovdek inson qo’lida tahsil olayotganimizni aytdik. Rahbarimiz nomini eshitgan domla to’lqinlanib so’zlay kettilar.  So’zlarini so’nggida, bizlar bu rabarni etagidan mahkam ushlab, bosgan izlarini bosib,  shu insondek kibr va manmanlikni yenga oladigan saxovatpesha inson bo`lishligimizni Allohdan so’rab duo qildilar. 

 Men Xorazm viloyatidan kelib shunday inson qo`lida tahsil olayotganim bilan faxirlandim.

Sayohatimizni yakunlab qaytar ekanmiz, Qashqadaryo viloyati chinakkam go`zallikka va ziyoratgoh maskanlarga boy diyor ekanligiga ishonch hosil qildim. Biz hali ziyorat qilishda, sayohatda davom etamiz!

21-20 guruh talabasi OlimovaYaqutjon.