Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularning qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Call-markaz (CALL CENTER) tashkil etildi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog’lanib, o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Call-markaz haftaning dushanba-shanba kunlari (yakshanba-dam olish kuni) har kuni soat 9:00dan-17:00 qadar (tushlik – soat 13:00 dan 14:00gacha) faoliyat ko’rsatadi.

Scroll to Top