Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Davlat Xizmatlari Markazi xodimlari bilan uchrashuv

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchil va tizimli isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilmoqda. Har bir tumanda (shaharda) Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi. Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratildi, hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etildi. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishlari uchun Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga tushuncha berib kelinmoqda.

Joriy yilning 03-iyun kuni Shahrisabz shahar Davlat Xizmatlari Markazi bo’limi boshlig’i S.Hakimov, mutaxassislar I. Yoʻldoshevva F.Qalandarovlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga tashrif buyurib, filial talaba yoshlari bilan uchrashuv o’tkazdi. Ularga DXMda fuqarolar onlayn ravishda foydalanish imkoniyatlarini, vazifalari borasida ma’lumot berib o‘tishdi. Mavzu yuzasidan savol-javoblar bo’ldi.