XOTIN- QIZLAR YIG’ILISHI.

Ayollarsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular jamiyatning etakchi kuchlari, oqila va mehribon tarbiyachilaridir. Bugun jamiyatning deyarli hech bir muammosini ular ishtirokisiz hal qilish mushkul. Mamlakatimizda ayolga bo’lgan munosabatda ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga ularga nisbatan hurmat va izzatli munosabatda bo’lishga da’vat etishgan.

Darhaqiqat, davlatimiz xotin-qizlarga katta e’tibor bermoqda. O’zbekiston Oliy Majlisi Senati 2019 yil 21-avgust kuni 21-yalpi majlisida “Xotin qizlarni tazyiqlar va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi qonunni ma’qullagan edi.
Shu qonunni ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida O’zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan(2020-yilning 25- maydagi 297-sonli buyruq ilovasiga ko’ra) tavsiyada belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan har chorakda bir marta tashkil etiladigan OTM “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo’yicha Maslahat kengashi” yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni filial Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi, psixolog A.U. Berdiyeva olib bordi. Yig’ilishda:
Qizlarning ta’lim olishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha takliflar ishlab chiqish va
Xotin-qizlar o’rtasida ta’lim, ilm-fan sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishini rivojlantirish kabi masalalar ko’rib chiqildi.

Scroll to Top