“Ekstremizm va terrorizm – Yoshlar kelajagiga tahdid”

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev oʼtgan yil sentyabr oyida BMT Bosh Аssambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida “Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning oʼz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʼravonlik gʼoyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir”,- deya taʼkidlab oʼtgandi. Shu maʼnoda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatlarga BMTning Yoshlar huquqlari toʼgʼrisidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Аssambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʼrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etildi. Oʼzbekistonning ushbu siyosiy yoʼli musulmon olami uchun muhim va mutlaqo yangi yoʼnalish – “maʼrifatli islom” gʼoyasiga asos soladi.

Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʼshish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat va jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi boʼlishidan qatʼiy nazar, eng asosiy vazifalaridan boʼlib qolmogʼi lozim.

Joriy yilning 19 fevral kuni TKTI Shahrisabz filialida “Ekstremizm va terrorizm – Yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi. Mazkur tadbirda Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi Shahrisabz shahar boʼlimi rahbari Sherzod Sultonov, Shahrisabz shahar hokimligi huzuridagi matbuot kotibi Gulnora Uzoqova, Shahrisabz shahar hokimligi huzuridagi bosh Imom Xatib Fazliddin Muxtorov, Shahrisabz shahar IIB xotin-qizlar boʼyicha katta inspektor Hilola Kamolova, Shahrisabz shahar oila ilmiy-amaliy markazi rahbari Rohila Eshalieva, Shahrisabz shahar Mahalliy kengashi deputati Yorov Dilshod hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Тadbirda yoshlarga diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi illatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida yoshlarga keng tushunchalar berildi. “Missionerlik, aqidaparastlik, yot gʼoyalarga qarshi kurash immunitetini shakllantirish” mavzularida pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida qizgʼin bahs va munozaralar yuritildi.

Scroll to Top