Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

E`lon

2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi. Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi. Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi. Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi. Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.