Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Farmon va ijro

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida prof. Sh.A.Mutalov filial direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

 Filial direktori Sh.Mutalov so’zga chiqib, 2021 yil 8-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida muhokama qilingan masalalar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan Oliy ta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalar bilan tanishtirdi.

Yig’lishda muhokama qilingan masalaning ijrosini o’z vaqtida amalga oshirish muhimligi, bu borada matbuot kotibining mas’uliyatini oshirish lozimligi ta’kidlandi. Muhokama qilingan masala yuzasidan yurist-konsulti Sh.Zohidov, filial kengash kotibi J.Mirzayev o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Filial jamoa a`zolarining fikr-mulohazalari tinglandi va barcha savollarga atroflicha javob berildi.