Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Filial direktori

MShA

Mutalov Shuxrat Axmadjonovich

kimyo fanlari doktori (2016 y.), professor.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Telefon: (+99875) 5225068

E-mail: tkti_shf@edu.uz  info@stict.uz                                                         Virtual qabulxona

Qabul vaqti: Har kuni: 8:00-10:00

Qisqacha ma’lumot:

  • Sh.Mutalov 1979-yil 17 may kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
  • 2001 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini Atrof-muhit muhofazasi mutaxasisligi bo‘yicha magistraturani ta’momlagan.
  • Bugungi kunga qadar 1 ta monografiya, 60 dan ortiq ilmiy ishlari, 4 dan ortiq mualliflik guvohnomasi mavjud.

Lavozimdagi asosiy vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat Ta’lim Standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  • Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar filialga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informasion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;
  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Ilmiy va pedagogik mexnat faoliyati:

  • 2001-2005 yillar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat ekologiyasi kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi;

  • 2005-2010 yillar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Marketing xizmatlari bo‘limi boshlig‘i;

  • 2010-2012 yillar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani;

  • 2012-2017 yillar Toshkent kimyo-texnologiya instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori;

  • 2017 -2020 yillar  Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori
  • 2020 y. – h.v. -Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori.

Ilmiy yo‘nalishlari:

  • Kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish usullarini tadqiq qilish,
  • Sanoatda suvni tayyorlash, oqava suvlarni metall ionlaridan tozalash.
  • Atrof-muhit muhofazasi: qattiq chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash usullarini tadqiq qilish.