Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Hashar -elga yarashar!

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan–umumxalq hashari Navro’z umumxalq bayrami oldidan yurtimizda ko’tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. O`zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari joriy yilning 13-mart kuni TKTI Shahrisabz filialida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Erta tongdan filial hovlisida obodonlashtirish, tozalash ishlari boshlab yuborildi.

Hashar davomida uchastkalarda уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. 

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, filial hovlisi, xizmat xonalari ozoda va shinam holga keltrildi.