Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Hokim va yoshlar uchrashuvi

 1-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda yangi tayinlangan Shahrisabz shahar hokimi Akram Sulaymonov, TKTI Shahrisabz filiali direktori Shuxratjon Mutalov, hokim o’rinbosari Shahlo Rahmonova, Shahrisabz shahar hokimligi matbuot kotibi Gulnora Uzoqova va boshqalar ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim, sport va madaniyat sohalaridagi istiqbolli loyihalaridan tortib, kitobxonlikka oid tashabbuslari muhokama etildi. Ko’pdan buyon yangi loyihani amalga oshirishni rejalashtirib, shahar hokimligiga murojaat etgan Mirzabek Raupovga filial talabalari hamda shu hududda istiqomat qilayotgan aholi yoshlari uchun Book cafe tashkil etishga kelishib olindi.  Shuningdek, filial direktori Sh.A.Mutalov mazkur o’quv dargohida olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar va yangi loyihalar bilan o’rtoqlashdi. 

Shahrisabz shahar hokimi Akram Sulaymonov filialda yoshlarni nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan amaliy-o’quv labaratoriya hamda kompyuter xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, sport zallari bilan yaqindan tanishdi.

O’z navbatida hokim bildirilgan taklif va murojaatlarni mamnuniyat bilan qarshi oldi va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va’da berdi.