Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining birinchi, to‘rtinchi xatboshilariga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o‘z vaqtida yetkazilishini taʼminlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori boshlig’i Sh.Shoyimov, yurist-konsult  Sh.Zoxidov va boshqalar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilarga ma’ruzachilar tomonidan qonun xujjatlarining matni to’g’risida to’liq ma’lumotlar yetkazildi.