Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Iqtidorli talabalar taqdirlandi.

Darhaqiqat, aprel oyida filialimizda juda ko’plab tanlovlar va musobaqalar o’tkazilib, talabalarning fanlarga bo’lgan qizishi, o’zlashtirish ko’rsatkichlari, bor qobiliyat va iqtirlari o’rganildi.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida matematika, kimyo, biologiya fanlaridan o’tkazilgan filial miqyosidagi olimpiada sovrindorlari va Inkubatsiya markazi ochilish marosimiga o’zlarining dastur va loyihalari bilan faol ishtirok etib yuqori va faxrli o’rinlarni egallagan talabalar va professor o’qituvchilarni taqdirlash marosimi o’tkazildi. 

Taqdirlash marosimida Shahrisabz shahar Yoshlar agentligi bo’limi va rahbari Sabrina Tursunova ishtirok etib, g’oliblarni tabrikladi hamda yangi loyihalarda faol bo`lishga chaqirdi. 

Biologiya fani doirasida o’tkazilgan olimpiadada

3-o’rinni 21-20 guruh talabasi Jamoliddinov Abrorbek,

2-o’rinni 27-20 guruh talabasi Baxtiyorov Abdulaziz,

faxrli 1-o’rinni 27-20 guruh talabasi Sobirov Nodirbeklar egalladi. 

Kimyo fani doirasida o’tkazilgan olimpiadada

3-o’rinni 13-20 guruh talabasi Amirov Temurbek,

2-o’rinni 16-20 guruh talabasi Mamatqulov Akmaljon,

faxrli 1-o’rinni 14-20 guruh talabasi Abdualimov Nurmurodlar qo’lga kiritishdi. 

Matematika fan olimpiadasida

3-o’rin 6-20 guruh talabasi Temirov Ozodjon,

2-o’rin 1-20 guruh talabasi Sayitjonov Qosimjon va

 1-o’rin 1-20 guruh talabasi Fazliddinov Salohiddinga nasib etdi. 

Olimpiada g’olib va sovrindorlari filial direktori Sh.A.Mutalov tomonidan diplom va qimmmatbaho sovg’alar bilan, Inkubatsiya markazida o’zlarining dasturiy loyihalari bilan ishtirok etgan talabalar esa pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.