Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

IT-park

TKTI Shahrisabz filialida Inkubatsion markazning ochilishi

Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) Inkubatsiya markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha 2020-yil 30-noyabrda tasdiqlangan «Yo’l xaritasi»ning 2.3 bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 26-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Inkubatsiya markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ochilish marosimida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, viloyat oliy taʼlim muassasalari, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Shahrisabz shahar va tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar masʼul rahbarlari, faxriy mehmonlar va faol, iqtidorli talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni jarayonida filial professor-oʼqituvchilari va talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari loyihalari va dasturiy ishlanmalar hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar taqdimoti ham bo’lib o’tdi.