Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Kimyo fanidan o’tkazilgan laboratoriya ochiq dars mashg’uloti

Joriy yilning 4-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ochiq dars mashg’uloti bo’lib o’tdi. Navbatdagi ochiq dars kimyo fani assistent-o’qituvchisi Tursunov Davron Jo’raqulovich tomonidan “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi” yo’nalishi 26-20 guruh talabalari uchun tashkil etildi.

Ushbu darsda o’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi xodimlari va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

Laboratoriya mashg’uloti organik kimyo fanidan “Etilbromid sintezi” mavzusida olib borildi.

Darsning birinchi qismida o’qituvchi tomonidan mavzu zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda taqdimotlar orqali to’liq yoritib berildi. 

Darsning ikkinchi qismida esa, talabalar 4 guruhga, ya’ni: “Yetkazuvchi”, “Bajaruvchi”, “O’lchovchi” va “Tahlil qiluvchi” kabi guruhlarga bo’linishdi va toza etilbromid olish laboratoriya mashg’ulotini amalga oshirishdi. Bunda talabalar to’liq texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda laboratoriya ishlarini to’g’ri va aniq bajarishdi. 

Iqtidorli talaba Ergashev Abduraufxon.