Koʼchat ekib yashnatamiz

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali hududida ham “ECOLOGY DAY“ loyihasini ijrosini tashkil etish munosabati bilan tashabbuskor professor—oʼqituvchilarimiz va talaba-yoshlarimiz xasharni boshlab yuborishdi. Joriy yilning 22 fevral kuni filialimiz hududlarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish maqsadida, filial hududi tozalandi va namunaviy tarzda turli mevali koʼchatlar ekildi.

23 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institut dan tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari ham bu ishda oʼz hissalarini qoʼshib, TKTI Shahrisabz filiali direktori professor Sh.А.Mutalov boshchiligida oʼnlab mevali daraxt koʼchatlarini oʼtkazish ishlarini amalga oshirishdi.

Scroll to Top