Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanidan ochiq dars

Joriy yilning 28-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiyai instituti Shahrisabz filialining assistent-o’qituvchisi Shukurov Shahobiddin To’lqin o’g’li tomonidan “Texnologik mashina jihozlari” yo’nalishi 9-20 guruh talabalari uchun “Konstruksion materiallar texnologiyasi” fanidan ochiq dars mashg’uloti tashkil etildi.

Dars mashg’uloti “Metalmas materiallar. Plastmassa materiallari” mavzusida olib borilib, o’qituvchi tomonidan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirildi. Mavzuga oid qiziqarli videorolik talabalarga namoyish etildi.

Talabalar mavzu yuzasidan kerakli barcha ma’lumotlarga ega bo’lishdi.