Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Mahmudxo’ja Behbudiy

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ulardagi innovatsion gʼoyalarini rivojlantirishga koʼmaklashish maqsadida, talabalar oʼrtasida “MАHMUDXOʼJА BEHBUDIYning ilm-fanga qoʼshgan hissasi“ mavzusida seminar oʼtkazildi. Seminar tashkilotchisi TKTI Shahrisabz filialida fa’oliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi R.T.Bozorovdir. U Behbudiyning hayoti va ijodi, ilm-fanga qoʼshgan hissasi toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berdi. Jumladan:

“Mahmudxoʼja Behbudiy XX asr boʼsagʼasidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr oʼzbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidchiligining tan olingan rahnamosi , yangi maktab gʼoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʼzbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrshunos, noshir, jurnalist. U tariximizning gʼoyat ogʼir davrida yashagan. Behbudiyning publitsist sifatida faoliyati adib isteʼdodini juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi”, -kabi fikrlar R.Bozorov maʼruzasining debochasidir.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, barkamol, yetuk va har tomonlama komil inson faqatgina bilim darajasi bilangina belgilanmaydi. Negaki shaxs mehr-muxabbat, samimiy xis-tuygʼu va ahloq egasi boʼlgandagina chin insoniy fazilat sohibi boʼlishi mumkin. Har qanday bilim zamirida aql tarozisida tortilgan mulohaza va tafakkur, oʼzgalar xatti-harakatiga qaysidir maʼnoda munosabat bildirish, “yaxshi” va “yomon”ni fikrlay bilish, yaxshi amallardan zavqlanish mavjud boʼlgandagina inson ezgulikka, yuksak maʼnaviyatli shaxs boʼlib yetishishga intiladi.     

Seminar yigʼilish bahs va munozaralarga boy boʼldi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan