Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Masofaviy ta`lim imkoniyatlari malakali kadrlar bilan aholi turmush darajasini oshirish istiqbollari

Bugun Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Masofaviy ta`lim imkoniyatlari malakali kadrlar bilan aholi turmush darajasini oshirish istiqbollari” mavzusida (ZOOM VIDEO-dasturi orqali) onlayn ochiq muloqat o`tkazildi. Muloqot – filial direktori professor Mutalov Shuhrat Ahmadjonovich, professor- o`qituvchilar va talabalar ishtirokida bo`lib o`tdi. 

Muloqotda prof. Mutalov Shuhrat Ahmadjonovich -hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam  iroda bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o`zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanligini ta`kidlab o`tdilar. Shuningdek muloqot jarayonida:  

   “ Raqamli O`zbekiston – 2030” davlat dasturi loyihasi; 

     “Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to`g`risidagi Nizom”;

     Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag`allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora- tadbirlari to`g`risida; 

      karantin davridagi ta`lim  tizimidagi o`zgarishlar va yangi innovatsiyalar 

haqida tushunchalar berildi. Muloqot yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga filial direktori va rahbariyati tomonidan aniq, to`liq javob berildi.

TKTI Sahrisabz matbuot kotibi Gulnoza TurdialiyevaJune 03, 2020

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan