Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Qizlar tarbiyasi- jamiyat hayotida muhimdir

  2019-yil 2-oktabr kuni TKTI Shahrisabz filialida diniy ekstremizm,terrorizm va uning salbiy oqibatlari mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Shahrisabz shahar IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari, podpolkovnik S.Usmonov, kapitan Sh.Sharipov, Namaton hududi  profilaktik  inspektori J.Mo`minovlar tashrif  buyurdilar. Tadbirni TKTI Shahrisabz filiali direktori A.T.Norqobilov kirish so`zi bilan ochib, talaba yoshlarga murojaat qilar ekanlar, bugungi  kun yoshlarining qay darajada bilimli va vatanimiz kelajagi uchun o`zining yaxshi xulqi, bilimi, o`z kasbining mohir ustasi bo`lib yetishishi lozimligini, shuningdek doimo ogoh bo`lgan holda yurtimizning tinchligi uchun mas`ul ekanligimizni ta`kidlab o`tdilar.

 

Tadbirda O`zbekiston tarixida ilk bor o`tkazilgan “Mehr” nomli tashqi insonparvarlik operatsiyasi tafsilotlariga bag`ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Unda O`zbekiston fuqarolarini Suriyadagi lagerdan qaytarish operatsiyasi jarayoni aks etgan. Tadbir so`ngida mazmunli suhbat tashkil etildi.

 

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan