Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Milliylik – millat ko’rki”

Har bir xalqning milliyligi uning ko’zgusidir. O’zbek xalqining milliy o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi o’zbek milliy liboslari o’zining jozibadorligi va rang-barangliligi bilan ajralib turadi.

2021 yil 29-may kuni Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Besh muhim tashabbus» doirasida Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, jamiyatda o`z o`rnini topishda ma`naviy ko`mak berish, iqtidorini rag`batlantirish hamda yoshlar o’rtasida kiyinish madaniyatini oshirish shuningdek, kiyinish odobi, milliy liboslarimizning hayotimizdagi ahamiyati va milliylikni ular onggiga singdirish maqsadida, “Milliylik – millat ko’rki” nomli badiiy tadbir bo’lib o’tdi. 

Tadbir Shahrisabz shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Qashqadaryo viloyat Shahrisabz shahar bo‘limi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali va Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali xotin-qizlar kengashi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirni Shahrisabz shahar hokimi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi M.Almirzayeva ochib berdi. Filialimiz talaba yigit-qizlarlarining betakror raqslari barchani bahramand etdi. 

Shu bilan birga o’zbek xalqining milliy o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi liboslar namoyishi tadbirga yanada ko’tarinki ruh bag’ishladi. Lobar qizlarimiz kiygan liboslar gazlamasining tabiiyligi, sog‘liqqa zararsizligi, dizayn jihatdan ochiq, tor-tanqis emasligi, qulayligi va qaddi qomatni tik va chiroyli tutishdagi ta’siriga e’tibor qaratilganligi bilan ajralib turdi.

Tadbirda nafaqat professor-o’qituvchilar va talabalar, balki mahallalardan kelgan yoshlar ham ishtirok etishdi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar o’rtasidagi milliy liboslarimizga bo’lgan e’tiborni va kiyinish odobini yanada yuksaltirishdan iborat edi.. O’ylaymizki, ushbu o’tkazilgan tadbir talaba qizlarimiz o’rtasida milliy liboslarimizga muhabbat uyg’otadi va milliyligimizni targ’ib qilishda o’zining katta samarasini beradi.