Sektor boshlig’i:
Shoyimov Shermurod Shavkat o’g’li

Telefon: (+998 97) 411-86-94
E-mail: monitoring@stict.uz​

Sektor uslubchisi:
Badalova Yulduz Boynazarovna

Telefon: (+998 97) 799-90-07 

«MONITORING VA ICHKI NAZORAT» BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI:

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy xujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida nazorat va tahlil qilish va istiqboli rejalarni ishlab chiqish. Fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va modemnomalari, filial ichki buyruqlari va Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazoratini va monitoringini olib borilishini tashkil qiladi. Institut ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda tatbiq etilishini bo‘lim xodimlari hamda vaqtinchalik tuzilgan ishchi guruh bilan birgalikda amalga oshiradi. Nazorat natijalari hamda ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etadi.

Institutda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Institutda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi Talabalar bilimini reyting tizimi asosida xolis va adolatli baholanishini nazorat qiladi. Zarur hollarda yakuniy nazoratdan keyin fanlar bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazadi. Filialda ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshiradi. Kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni nazorat qiladi.

Filialda kirim qilingan hujjatlarni ijrochilarga yetkazish, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori, 1999 yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respuyulikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28-avgustda 11-10 – son bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 8-sentyabrdagi 309 – sonli va 2010 yil 21-maydagi 195 – sonli buyruqlari asosida ishlab chiqilib filial direktori tomonidan tasdiqlangan “Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha YO‘RIQNOMASI”ga asosan olib boriladi.

Scroll to Top