Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

«My five senses» mavzusiga bag’ishlangan ochiq dars

Darhaqiqat, til bilish va til o’rganish zamon talabiga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda har bir sohada til bilgan, salohiyatli kadrga bo’lgan talab oshib bormoqda. Ya’nikim, xalqimiz tili bilan aytganda: «Til bilganni, el biladi» degan naql bejizga aytilmagan.

Talabalarda xorijiy tilga bo’lgan qiziqishni yanada oshirish, ularga xorijiy tillarni chuqur va puxta o’rgatish maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialimizda ingliz tili fani katta o’qituvchisi Ro’ziqulova Dilnoza Xoliqovna rahbarligida va men Bahromov Namozali boshchiligida «My five senses» mavzusiga bag’ishlangan ochiq dars bo’lib o’tdi. Ochiq dars TMJ 7-20 guruh talabalari ishtirokida bo’lib o’tdi. 

Ochiq darsimiz yanada qiziqarli va ko’tarinki kayfiyatda o’tishi uchun, biz, talabalarni «Scholars» va «Intellegents» jamoalariga ajratdik. 

Noodatiy va juda qizg’in kechgan ochiq darsimizda talabalarning ingliz tili fanidan egallagan bilim va ko’nikmalari yana bir bor sinovdan o’tkazildi.

Darsda faol qatnashgan talabalar ustoz tomonidan munosib baholandi.

7-20 guruh talabasi Bahromov Namozali