Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Namaton” MFY da tashkil etilgan “Kitob mutolaasi-qalb ozuqasi” nomli tadbir

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6208-sonli Farmonii jrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabzs hahar “Namaton” MFY da “Kitob mutolaasi-qalb ozuqasi” nomli tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda filial direktori professor Sh.A.Mutalov, professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar, “Namaton” MFYda istiqomat qiluvchi oilalardan vakillar hamda kitobsevar bolajonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni filial direktori professor Sh.A.Mutalov ochib berdi va bolajonlarni “1-Iyun -Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni” bilan tabriklab, ular uchun atab olib kelingan sovg’alarini topshirdi.

Shuningdek, Yoshlar ittifoqi yetakchisi U.To’rayeva mahalla yoshlari uchun filialda yaratilayotgan sharoitlar, “tayyorlov” hamda kasb-hunarga o’rgatish maqsadida tashkil etilgan “Mohir qo’llar”, “Pazandalik sirlari” kurslari va sport klublari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida, beg’araz yordam sifatida 20 ta stul va 100 ga yaqin kitoblar javoni bilan sovg’a qilindi.