Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Navoiy va nazm

Millatimiz maʼnaviyati va adabiyotining soʼnmas siymolari Mir Аlisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barcha muassasa hamda tashkilotlarida keng nishonlanmoqda. Daholarning bebaho asarlari oʼzining maʼnaviy teranligi hamda badiiy yuksakligi bilan bashariyat mulkiga aylangan.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 638 yilligiga bagʼishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. 

“Mutafakkirlarning boy merosi, asarlarida ulugʼlangan milliy va umumbashariy gʼoyalar insonni tarbiyalaydi, ezgulikka chorlaydi”,-deydi filial direktori prof. Sh.А.Mutalov oʼz nutqida. 

Tadbirda kimyo fani assistent-oʼqituvchisi Sobirova Ruxsora Qobiljon qizi rahbarligidagi 21-20guruhi talabalari ijrosida allomaning oʼlmas asarlaridan namunalar ijro etildi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼzgacha ruhda kechdi.Unda talabalar ijrosidagi Аlisher Navoiy gʼazallariga bitilgan kuy-qoʼshiqlar kechaga oʼzgacha shukuh bagʼishladi.