“Navoiyxonlik va Boburxonlik” kechasi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida buyuk bobokalonimiz, sheʼriyat osmonining porloq quyoshi, xalq homiysi, davlat arbobi va buyuk shoir Mir Аlisher Navoiyning 579 yilligi hamda temuriylar avlodining isteʼdodli vakili, atoqli shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining 537 yilligini nishonlash uchun tarix fani oʼqituvchisi N.Shapsanova, filial Yoshlar Ittifoqi yetakchisi U.Toʼraeva, isteʼdodli talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan “Navoiyxonlik va Boburxonlik” kechasi oʼtkazildi.

Unda filial rahbariyati xodimlari, professor-oʼqituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Kechani TKTI Shahrisabz filiali oʼquv va tarbiyaviy ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari B.Sirojov kirish soʼzi bilan ochib berdilar. Kecha davomida Mir Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid sahna koʼrinishlari, shoirlarning qalami ila yozilgan gʼazallardan namunalar keltirildi, dilrabo kuy va qoʼshiqlar ijro etildi.

Oʼzining boy adabiy merosi bilan dunyo maʼnaviyati va madaniyatiga ulkan hissa qoʼshgan, buyuk allomalarimizni adabiy merosini chuqur oʼrganish va unga amal qilish barchamizning muqaddas vazifamizdir.

Kecha yakunida beshta muhim tashabbus doirasida oʼtkazilgan “Talabalar shaxmat taxtasi” musobaqasi sovrindorlari filial rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

Scroll to Top