Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Ochiq eshiklar kuni

O‘sib kelayotgan yosh avlodga har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlari lozim.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida navbatdagi o‘quv yili uchun nomzodlarni tanlash sifatini oshirish maqsadida, Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi metodist-psixologi Ismatova Zamira tomonidan 11-sinf o‘quvchilari oliygohga taklif etilib, ularni filialda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarli javoblarni olishdi.