Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Ochiq eshiklar” kuni

Bugungi oʼquvchi-ertangi talaba.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda taʼlim sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun oldimizda turgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolar yechimiga koʼmak bera oladigan, yangi Oʼzbekistonni bunyod etadigan yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish zarur.
Yangi Oʼzbekistonda yangicha dunyoqarashni shakllantirish va yuksaltirish bevosita taʼlim va tarbiya bilan bogʼliq jarayon.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish boʼyicha 2020 yil 30 oktyabrь kungi videoselektor yigʼilish bayoniga muvofiq endilikda oliy taʼlim muassasalari xalq taʼlimi muassasalari bilan hamkorlik qilishi belgilangan edi. Shunga muvofiq, Toshkent kimyo-texnologogiya instituti Shahrisabz filiali belgilangan umumtaʼlim maktablari bilan taʼlim sifati va oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, metodik qoʼllab-quvvatlash hamda taʼlim-tarbiya sohasida zamonaviy uslublardan foydalanish, bitiruvchi oʼquvchilarni oliygohlarga yoʼnaltirish maqsadida hamkorlikni yoʼlga qoʼygan.

Hamkorlikni davom ettirgan holda 18 yanvarь kuni filialda “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. 7-sonli DIMI ning yuqori sinf oʼquvchilari filialga tashrif buyurib, ijodiy faoliyat, mavjud yoʼnalishlar, yaratilgan shart-sharoitlar, professor-oʼqituvchilar tomonidan oʼtkazilayotgan dars mashgʼulotlari bilan yaqindan tanishdilar.