Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Ochiq muloqot”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida direktor bilan talabalarning “Ochiq muloqot” uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda filial direktori prof. Sh.Mutalov, kafedra mudiri PhD dots.А.Norqobilov, OʼIBDOʼ B.Sirojov va talaba-yigitlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuv tashkil etishdan oldin “Rektorga savolim bor” loyihasi asosida ularning muammolari, savol va takliflari yigʼildi. Talabalar istiqomat qiladigan (ijarachilar) mahallalardan ular haqidagi fikr-mulohazalar oʼrganilib chiqildi va shular asosida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning muhim jihati, bunda avvalo, uning oʼqituvchi va murabbiylardan holi, shaffof oʼtganligidir.

Bu esa ularning muammolarini atroflicha hal etishga, savollarga toʼliq javob berishga imkon berdi. Talabalar muammolari, savol va takliflari ijobiy hal etildi.