Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

ODOB – QIZLAR KO`ZGUSI

TKTI Shahrisabz filiali talaba qizlari o`rtasida “ODOB – QIZLAR KO`ZGUSI”mavzusida psixologik, ijtimoiy suhbat bo`lib o`tdi. Suhbatni institut psixologi A.U.Berdiyeva ochib berdi va qizlarga:

           -muomala madanuyati;

           -kiyinish odobi;

           -qarama-qarshi jins vakillari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlar;

           -pedagog  jamoa xodimlari bilan bo`ladigan munosabatlar;

           -psixologik xizmatlar hamda ijtimoiy moslashuv haqida  ma`lumotlar berib o`tdi.

           So`z  TKTI Shahrisabz filiali Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i D.N.Temirovga berildi. Insonga ziynat bag`ishlaydigan fazilat odob-axloq ekanligini, odob-axloq ilmi esa Sharq xalqlari uchun doimiy tarbiyaning asosi bo`lib qolaverishini ta`kidlab o`tdilar. Davra suhbatida talabalar o`zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan