Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Oliy taʼlim muassasalarida АKT sohasida Startap-loyihalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”

15 fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida yuqori tajribaga ega АT (Аxborot texnologiyalari) mutaxassislari ishtirokida “Oliy taʼlim muassasalarida АKT sohasida Startap-loyihalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” mavzusidagi ZOOM dasturi orqali seminar-yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Norasmiy, yaʼni erkin muloqot shaklda oʼtkazilgan yigʼilishda “Zuccotech” kompaniyasining savdo va mijozlar bilan ishlash boʼyicha direktori Dilshod Gʼaniev, “Zuccotech” firmasining texnik direktori Shaxrom Rustamov, loyiha menejeri, Sifat Nazorati boʼlimi boshligʼi Jasur Ostonov, Startap loyihalarini rivojlantirish boʼyicha Qashqadaryo viloyatining hududiy menedjeri Bunyod Qutbiddinovlar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Seminar-yigʼilishni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori prof. Sh.А.Mutalov ochib berib, dastlab, seminar tashkilotchi-mehmonlariga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.

Soʼngra Shaxrom Rustamovning “ ✅Startap loyihalarni ishga tushirish” mavzusidagi, Jasur Ostonovning “✅АT sohasida bilimlarni oshirish” mavzusidagi, Bunyod Qutbiddinovning “АT park ishlash mexanizmi, Inkubatsion markazni yaratish maqsadlari” mavzusidagi, Dilshod Gʼanievning “✅Oʼz biznesingizni yoʼlga qoʼyish” kabi mavzulardagi maʼruzalari tinglandi, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi