Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

Lavozimdagi asosiy vazifalari

 

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, o‘quv jarayoniga oid masalalar bo‘yicha filial Ilmiy kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • O‘quv jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Tegishli bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O‘quv-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, TKTI Shahrisabz filiali o‘quv-uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O‘quv-uslubiy ishlarga oid adabiyotlarni TKTI Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda  institutning barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va kompyuter sinflarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • O‘rnatilgan tartibda TKTI Shahrisabz filialining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
  • Filialni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.

 

 

 Ilmiy va pedagogik mexnat faoliyati:




1992-1995 y.y – Buxoro Texnologiya Instituti Shahrisabz umumtexnika

       fakultetida o‘qituvchi

 

1995-2001 y.y – Shahrisabz Texnologiya kollejida o‘qituvchi


2001-2004 y.y – Shahrisabz Texnologiya kollejida bo‘lim boshlig‘i


2004-2013 y.y – Qarshi DU qoshidagi Shahrisabz akademik litseyida

                           o‘quv  ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2013-2019 y.y – Shahrisabz Yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar

                           kollejida direktor

2019- yildan h.v -Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

                             o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari