Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Organik kimyo” fanidan ochiq dars

Joriy yilning 11-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida navbatdagi ochiq dars mashg’uloti tashkil etildi. Bu galgi ochiq dars mashg’uloti filialning kimyo fani assistant-o’qituvchisi Xo’janazarova Sarvigul Rustam qizi tomonidan “Vinochilik texnologiyasi, bijg’ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi” yo’nalishi 22-20 guruh talabalari uchun tashkil etildi.

Laboratoriya mashg’uloti “Organik kimyo”  fanidan “Organik kimyo laboratoriyasida sintez jarayonlarini umumlashtirish” mavzusida olib borildi.

Dars mashg’uloti ustoz tomonidan taqdimot va videoroliklar yordamida, barcha reaktivlardan foydalangan holda qiziqarli tajribalar asosida talabalarga yetkazib berildi