OTM va KOICA oʼrtasidagi hamkorlik shartnomasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali hamda Shahrisabz shahridagi ishsiz va band boʼlmagan aholini kasb-hunarga oʼqitish markazi oʼrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.

TKTI Shahrisabz filiali direktori professor Sh.А.Mutalov, TKTI Shahrisabz filiali oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari B.Sh.Sirojov, KOICA markazi direktori F.Sh.Radjapov, KOICA markazi direktor oʼrinbosari А.А.Sattorovlar ishtirokida oʼzaro kelishuvlar imzolandi

Endilikda hamkorlik shartnoma maqsadidan kelib chiqib, oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, sohada sogʼlom raqobat muhitini yaratish, oliy taʼlim muassasalarining akademik mustaqilligini taʼminlash, ilmiy tadqiqot ishlarini tizimli yoʼlga qoʼyish, maqsadli, mehnat bozorida oʼz oʼrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ijodiy aloqalar, innovatsion loyihalar tuzish, dasturlar yaratish, nazariya va amaliyot oʼrtasidagi integratsiya jarayonini takomillashtirish, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini sifatli tashkil etish yoʼlga qoʼyiladi.

Oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish oʼrtasida hamkorlik shartnomasining kelgusidagi eng muhim vazifasi – oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan ilmli, isteʼdodli va mahoratli talabalarni qoʼllab-quvvatlash, moddiy-maʼnaviy ragʼbatlantirishdan iborat. Mazkur qadam bevosita professor oʼqituvchilar mehnatini ham yuzaga chiqaradi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top