Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

OTM VAKILLARINING MAKTABLARGA TASHRIFI.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida OTM va maktab hamkorligi yo’lga qo’yildi. Darhaqiqat, bugungi kunda o’quvchilarning iste’dodini kashf qilish, ularni o’zlari qiziqadigan sohaga yo’naltirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o’qituvchilari Shahrisabz shahri hamda tumanida joylashgan bir qator maktablarga tashrif buyurib, o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashib.filial faoliyati, taʼlim yoʼnalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berishmoqdadi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berishmoqda.