Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

OTM xotin-qizlariga «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» tizimlari haqida tushunchalar berildi.

Mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilindi.

 Bu yo‘nalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar bo‘yicha mutlaqo yangi — «Temir daftar», ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlar bo‘yicha tegishlicha «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» tizimlari hayotga tatbiq etildi.

Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 28 apreldagi qarorining mazmun-mohiyati TKTI Shahrisabz filialida Xotin-qizlar kengashi raisi, psixolog A.U.Berdiyeva tomonidan filial  xotin-qizlari o’rtasida keng ma’noda yoritildi va tushunchalar berildi.