Fakultet dekaniTilavov Husan Shomurodovich Qabul kunlari:Dushanba, Seshanba,Chorshanba, payshanba kunlari,  1600-1700Tel: Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi bo’yicha muxandis kadrlar tayyorlash dastlab 1940 yil SazPI tarkibida tashkil etilgan kimyo – texnologiya fakultetida amalga oshirilgan.Fakultetda qishloq xo’jalik mahsulotlari va ularning ikkilamchi xom–ashyolari asosida quyidagi yo’nalishlarda: -sharob ishlab chiqarishning biokatalitik asoslarini o’rganish;-o’simlik moylarini katalitik modifikatsiyalash;-qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish, sharbat va kontsentratlarini olishning chiqindisiz texnologiyalarini yaratish;-ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;-qattiq holatda sochiluvchan materiallar va suyuqliklar namligini o’lchash qurilmalarini kashf qilish bo’yicha ilmiy maktablar faoliyat olib bormoqda.Hozirgi kunda mazkur fakultetda quyidagi kafedralar mavjud kafedralarda 5 ta ta’lim yo’nalishida bakalavrlar va 5 ta mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Fakultetni bitiruvchi bakalavr va magistrlari respublikamizning “O’zdonmahsulot” DAK, “O’zpaxta-yog’” AJ, “O’zbekoziq-ovqat”AJ, “O’z. Oshpazlar uyushmasi” AJ, “O’zkimyosanoat” AK hamda iqtisodiyotning boshqa turdosh sanoat kor-xonalarida mehnat qilmoqdalar.
Scroll to Top